☰ Меню

Тошкент шаҳар Йўл ҳаракати
хавфсизлиги бошқармаси

Olmazor tumanidagi hodisa yuzasidan maʼlumot

Joriy yilning 14 may kuni taxminan soat 05:00 da Olmazor tumani, Keles koʼchasida 1982 y.t. D.Yu. “Cobalt” rusumli avtomashinasini (davlat raqami 01 V 550 KA) boshqarib ketayotgan vaqtda, boshqaruvni yoʼqotgan va yoʼl chetidagi toʼsiq ustiga chiqib ketib, svetoforga urilgan. Natijada dvigatelda yongʼin chiqqan, tez orada voqea joyga yetib kelgan oʼt oʼchiruvchilar yongʼinni bartaraf etishgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Hurmatli, yoʼl harakati qatnashchilari! Tong saharda koʼchalarda odam kam boʼlishi mumkin, lekin hech kim koʼrmaydi deb yoʼl harakati qoidalarini buzish mumkin emas. Oddiy koʼringan qoidabuzarlik ogʼir oqibatlarga olib kelmasligiga hech kim kafolat bermaydi. Oʼzingizning sogʼligʼingiz va mulkingizni asrang: qonunda belgilangan qoidalarga rioya eting.

Powered by GSpeech